Информация к новости
  • Просмотров: 5 225
  • Автор: admin
  • Дата: 17-04-2016, 15:25
17-04-2016, 15:25

9-sinf chizmachilik

Категория: YILNING ENG YAXSHI FAN O'QITUVCHISI / Dars ishlanmalari

9-sinf 


Fanning nomi: Chizmachilik.

I.Darsning mavzusi: 8-sinfda chizmachilikdan olgan bilimlarni qisqacha takrorlash va umumlashtirish.

II.Darsning maqsadi:

Tarbiyaviy: O`sib kelayotgan yosh, barkamol avlod ongiga "Betakrorimsan, yagonasan, Ona Vatanim - O`zbekistonim” shiyorining mazmun mohiyatini chuqur singdirib borish. Mustaqil yurt farzandlari ozod yurt kelajagi poydevori ekanini anglatib borish.

Ta`limiy: Qiziquvchan, bilimdon o`quvchilarni 8-sinfda chizmachilik fanidan mavzular bo`yicha olgan bilim, ko`nikma va malakalarini mustahkamlash, umumlashtirish, ularning ziyrakligini oshirish.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni o`zlari qiziqqan kasb-hunarga, yo`naltirish, o`zlari tasavvur etgan chizmalarni mustaqil ravishda chizishni o`rgatish.

Mafkuraviy: Barkamol avlodni Mustaqillik bayrami ruhida tarbiyalash va bolalarni ma`naviy meroslarimizga, madaniy

boyliklarimizga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash .

III. Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Sinf xonasiga kirish,o`quvchilar bilan salomlashish, xona tozaligiga e`tibor, davomatni aniqlash, ma`naviyat daqiqalari kunlik yangiliklar bilan tanishish. 

Mavzu matni bilan tanishish:

a)8 sinfda olgan bilimlarni takrorlash

b)o`zlashtira olgan bilimlarni umumlashtirish.

Darsning jihozi: darslik, chizma asboblari, tarqatma materiallar , marker, plakatlar.

Darsning uslubi: suhbat,savol-javob,nazariy va amaliy.

Darsning bayoni: O`quvchilar bilan savol- javob qilib, yangi darsning bayonini tushuntira boramiz. Chizmachilik fani fazoviy tasavvurimizni oshiradigan fan hisoblanadi. Hozirgi vaqtda chizmalarni kompyuter grafikasi orqali chizish mumkin,biroq chizmalarni chizish va o`qishni bilganlargina chizmani kopyuterga kirita oladi. Shu boisdan, chizmalarni chizish va ularni o`qishni mukammal o`zlashtirib olgandan keyingina kompyuterda chizishni

mukammal o`rganish imkoni tug`uladi. Biz bu yilgi o`quv yilimizda ba`zi chizmalarni kompyuterdagi uskunalar majmuasi yordamida chizishni o`rganib olamiz. Kompyuterdan foydalanish, undan turli shakllarni chizish va o`cherish kabilarni amaliy bajarish kompyuter o`qituvchisi tomonidan batafsil tushuntirilganligi sababli ,chizmachilik o`qituvchisi bu haqda qisqacha izoh ya`ni yo`llanma beradi xolos.  

        Detalning tasvirini chizishda uning ko`rinishlari sonini kamay-tirish maqsadida barcha shartlilik va soddalashtirishlardan foydalani-ladi. Dars davomida bajarilgan mashqlardan keyin 8-sinfda olgan bilim va ko`nikmalar umumlashtiriladi. O`quvcnilar tomonidan yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar chizib ko`rsatiladi hamda ko`rgazmali qurollar yordamida tushuntiriladi. 9 – sinfda bunday xatolar takrorlan-masligi uchun o`quvchilar bilan savol-javob orqali o`tilgan mavzular mustahkamlab boriladi.

Mustahkamlash:

1.Chizmalarga o`lchamlar qo`yishda eng avval nima tanlab olinadi?

2.Aksonometriya turlaridan biriga asoslanib qo`lda chizilgan yaqqol

tasvir nima deyiladi?

Darsining yakunida ushbu satrlarni barchamiz birga aytamiz.

Ulug` istiqbolning bunyodi uchun,

Jonajon farzandlar bo`laylik bir tan.

Hech kimsa bo`lolmas bizlardan ustun.

Tenglar ichra tengdir bu ona – Vatan.

Uyga vazifa: Ixtiyoriy detalning uch ko`rinishini chizish. 


скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.

Добавление комментария

Имя:*
E-Mail:
Izohlar:
  • winkwinkedsmileam
    belayfeelfellowlaughing
    lollovenorecourse
    requestsadtonguewassat
    cryingwhatbullyangry
Введите код: *
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
dle, neopozn.com
^