| | | |
  • : 4 522
  • : admin
  • : 17-04-2016, 16:37
17-04-2016, 16:37

Innovatsion pedagogik loyiha

: YILNING ENG YAXSHI FAN O'QITUVCHISI / Innovatsion pedagogik loyiham

Tasviriy sanat va chizmachilik darslarida oquvchilarning ijodiy faolligi va nutqiy savodxonligini oshirish.

  

Annotatsiya

Tasviriy sanat vachizmachilik fanioqituvchisi Ibroximova Munavvarposhshoning "Tasviriy sanat va chizmachilik darslarida oquvchilarning ijodiy faolligi va nutqiy savodxonligini oshirish mavzusida yozgan innovatsion pedagogik loyihasi mavzusi dolzarb mavzulardan biri. Oqituvchi innovatsion pedagogik loyihani yoritishda juda koplab axborotlar kiritgan.Taqdim etilgan axborotlarning talimiy va metodik axamiyati katta. Axborotlarning mazmundorligi va metodik savodxonligi yaxshi, dars samaradorligi va foydalanuvchilarga berilgan korsatmalar izchillik bilan korsatilgan. Axborotlarni yangiligi va muhimligi hozirgi kun talabiga javob beradi.

Tasviriy sanat va chizmachilik fanidan innovatsion pedagogik loyiha:

Mavzu: Tasviriy sanat va chizmachilik darslarida oquvchilarning ijodiy faolligi va nutqiy savodxonligini oshirish.

Fanning nomi: Tasviriy sanat va chizmachilik

Mavzu: Tasviriy sanat va chizmachilik darslarida oquvchilarning ijodiy faolligi va nutqiy savodxonligini oshirish

Ishtirokchilar: Dars jarayonidagi oquvchilar

Oqitishning maqsadi: Tasviriy sanat va chizmachilik darslarida oquvchilarning ijodiy faolligini oshirish, mavzular yuzasidan nutqiy savohodhonligini

shakllantirish, fazoviy tasavvurlarini mustahkamlash

Rejalashtirilayotgan oquv natijalari: hozirgi kun talabidan kelib chiqib oquvchilar ortasida ijodiylik muhitini shakllantirishga erishish.

Loyihalashtirish faoliyati boyicha quyidagi amaliy konikmalarga ega boladi: oquvchilarning naturaga qarab tasvirlash, narsa va hodisalarning hajmi va fazoda joylashuvi, ularning bir necha tipik belgilari haqida tasavvurga ega bolishi va tasvirlash malakalarini ostish.

Loyihaning turlanish belgilariga kora tavsifnomasi: turi amaliy yonaltirilgan

Loyihaning bajarish tartibi:dars jarayonida oquvchilar ishlanayotgan rasm va chizmalarning tasvirlanayotgan narsaning asliga mos kelishini etiborga

olishlari, rasm ishlash va chizma bajarishda barcha ifodalanayotgan tasvirlarning asosiy bosh maqsadga boysundirilishini, bunda tasvirlashning eng ifodali yolini topa bilishini organishlari zarur boladi.

Oquv loyiha :

"Tasviriy sanat va chizmachilik darslarida oquvchilarning ijodiy faolligi va nutqiy savodxonligini oshirish togrisida

I.Loyiha topshrigi

"Aytib ber men unutaman, korsat - tushunaman,

bu narsani ozim bajarishim uchun sharoit yarat-va men organaman".

Konfutsiy.


          Talim sohasida olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar, talim mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan hukumat qarorlari, talimni hayot bilan bog `lash, o`qitish samaradorligini oshirish tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni talab qiladi.

          Xalq talimi tizimida talimni rivojlantirishning strategik rejalarini tuzishda asosiy etibor o`qituvchining ijodiy faoliyat yuritishiga keng yo`l ochib berishiga qaratilmoqda. Bu imkoniyatlar oqituvchilarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirish, asosiy etiborni talim sifati va samaradorligini yuksaltirishga qulay imkoniyat yaratadi. Bu omil o`qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirishda muhim rol o`ynaydi. Bugungi kunda talim jarayonida o`zlashtirishni nazorat qilish tizimi muhim ahamiyatga ega bo`lib, u Davlat talim standartlari va o`quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qilish, xolisona baholash, o`quvchilar o`zlashtirishi jarayonida kelib chiqadigan bo`shliqlarni aniqlash va bartaraf qilib borishning samarali nazorat vositasi hisoblanadi. O`zlashtirishni nazorat qilish, o`qituvchi uchun darsni o`zlashtirmagan o`quvchilarni o`z vaqtida aniqlash, darsni rejalashtarishda o`quvchilarning o`zlashtirish qobiliyatlarini hisobga olish, o`zining dars o`tish usullarini takomillashtirib borish imkoniyatlarini beradi. O`quvchilarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining Davlat talim standartlariga muvofiqligini taminlash uchun joriy, oraliq, bosqichli, yakuniy nazorat turlari o`tkaziladi. Bu borada o`qituvchi faoliyatida vaqtni tejashning innovatsion texnologiyalarini talim amaliyotiga joriy etish muhim ahamiyatga molik. O`qituvchi bilimini nazorat qilishning tejamkor texnologiyalari shular jumlasidandir.

           Hech kimga sir emas, har qanday davlat kelajagining porloq bolishi, avvalo, osib kelayotgan yosh avlodning qanday talim va tarbiya korishiga, shuningdek, mamlakat oldida turgan umumdavlat ahamiyatiga molik vazifalariga bogliq. Bugungi kunda davlat oldida turgan asosiy talab yosh avlodga mustahkam bilim berish, ularning barcha fanlarni chuqur egallashi, ozlashtirgan bilimlarini hayotga tadbiq eta olishidan iborat. Bunda maktab va ota onalar hamkorligini togri yolga qoyish ahamiyatlidir. Talim olayotgan bola maktabda mehnatning yangi turi oqish bilan shugullanadi.

Barchamizga malumki, hozirgi talim islohatlari sharoitida tasviriy santga ishtiyoqmand bolalarning intelektual salohiyatiga katta etibor qaratilmoqda. Bolani orab olgan muhitning hammasi odamlar, narsalar, hodisalar uning ongida, tafakkurida, xulq atvorida malum iz qoldiradi, uni ozgartiradi va rivojlantiradi. Murgak vujud ongida inson qoli bilan yaratilgan narsalardan tashqari atrofimizdagi olam tabiatni tashkil etishi, tirik olam, gozal manzara, musaffo osmon, oy, bulut, havo, suv va yer yuzidagi barcha tabiiy osimliklar, jonli hayvonot olamidan iborat ekanligi tushunchasi shakillanib boradi. Bir soz bilan aytganda, bolada borliqni anglash, tabiat va borliqni tasavvur eta olish konikmalari tarkib topa boradi.

            Odamning ichki olami uning sozlashishi, ozini tutishi, ish yuritishi, qilayotgan ishida yaqqol kozga tashlana boradi. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayondir. Uning talim va tarbiyasida ota onasi, maktab, mahalla, dostlari, jamoat tashkilotlari, atrof muhit, tasviriy sanat, adabiyot, sport va hokazolar bevosita tasir korsatadi. Bunda tasviriy sanatning asosiy vazifasi barkamol avlod bolib shakillanayotgan oquvchining axloqiy, estetik, aqliy va manaviy, jismoniy ravojlanishi uchun imkoniyat yaratishdir.

Loyiha doirasida yechilishi kerak bolgan muammolar:

Bugungi kunda tasviriy sanat va chizmachilik darslarinig sifat samaradorligini oshirish omillari bu maktabimizda tasviriy san`at va chizmachilik xonalarini tashkil etish, ularni moddiy texnik baza bilan boyitish, rangli bo`yoqlar va mo`y qalamlar, dastgohlar bilan taminlash hamda qilinajak ishlar rejasi puxta tuzilishi maqsadga muvofiqdir.

-o`quvchilar jamoasi bilan ishlash ;

-o`quvchilarning tasviriy san`at va chizmachilik fanlaridagi nutqiy savodxonligini oshirish;

-o`quvchilar ongida milliy g`urur hissini shakillantira olish;

-tasviriy san`at fanlarida buyuk rassomlar hayot-ijod tarixini o`rganish;

-maktabdan tashqari tashkil etilgan to`garaklardagi faolligini oshirish;

          O`quvchilarimizni tasviriy san`at fanlarida milliy g`urur hissida tarbiyalash uchun, avvalo biz o`z tariximizni puxta o`rgangan holda, o`quvchilarimiz aks ettirayotgan rasmlarida milliylikni, urf-odatlarimizni, qadimiy an`analarimizni qog`ozga muxrlay olishini shaklantra olishimiz kerak. Buning uchun biz bolalar bilan jamoaviy tarzda ishlab, ularning dunyo qarashi, sog`lom fikrlashi, turli xil yod g`oyalarga qarshi kurasha olishni o`rgatishimiz lozimdir.

          Tasviriy san`at va chizmachilik darslarini tashkil etishda yangi inovatsion texnologiyalardan va noan`anaviy usullardan foydalanishimiz kerak. Tasviriy san`at darslarida o`quvchilarga bilim jarayonida grafik materiallar va usullardan foydalanish texnikasini o`zlashtirish muhim didaktik ahamiyat kasb etadi. Chizish vositalari turli tuman bo`lib, ular oddiy grafik qalam, ko`mir qalamchalar, sangina, sous, retush, pastel, rangli qalamlar, flomaster va boshqa grafiklar material sifatida keng imkoniyatlarga ega. Tasviriy san`at texnologiyasi haqida so`z ketar ekan, o`quvchi bo`lashak tasviriy san`at ustasi rangtasvirning ham o`ziga hos tomonlarini bilishlari kerak. Ma`lumki, turli zamon va davrlarda maxsus tadqiqotlar olib borgan olimlar hamda bevosita nazariyani amalda sinab qo`llagan rassomlar tabiatda uchta asosiy qizil, sariq, ko`k ranglar mavjud ekanligini ta`kidlab o`tganlar. Ana shu ranglarning bir-biri bilan o`zaro qo`shilishida esa "hosila qo`shimcha rang-xillar paydo bo`ladi. Biroq, har qanday rangtasvirni ishlashda o`quvchi qo`l ostida juda bo`lmaganda olti xil bo`yoq mavjud bo`lishi kerak. Aslida esa, dastlabki rang doirasidagi uchta asosiy rangga yana oq hamda qorani qo`shsak, boshqa barcha rang va tuslarni hosil qilib, amalda faoliyat olib boorish mumkin. Bu amaliyot esa, ayniqsa, akvarelda tasvirlar yaratishda qo`l keladi.

Bu oldimizga qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun o`quvchilarni ochiq tabiat qo`yniga olib chiqib, borliqni anglash, ranglar jilosini farqlay olish, o`z tasavvurini qog`ozga joylay olishini taminlashimiz kerak.

          Davlat ta`lim standartlari talablari asosida dars berish, o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarga puxta ega bo`lishi, kompitentsiyaviy yondashuv bilan bilim berish o`qituvchining bosh g`oyasidir. Tasviriy san`at va chizmachilik darslari agar haftasiga ikki soatni tashkil etganda biz o`quvchilar bilan yanada rangtasvir va qalamtasvir hamda fazoviy tasavvur bilimlariga puxta ega bolgan bolar edi.

Loyihaning maqsadi:dars davomida oquvchilar bilim darajasini DTS talablariga moslik darajasini oshirib borish va tasviriy sanat va chizmachilik darslarida

oquvchilarning ijodiy faolligini oshirish, mavzular yuzasidan nutqiy savohodhonligini shakllantirish, fazoviy tasavvurlarini mustahkamlash

Yakuniy natija:oquvchilarning naturaga qarab tasvirlash, narsa va hodisalarning hajmi va fazoda joylashuvi, ularning bir necha tipik belgilari haqida tasavvurga ega bolish imkonini beradi va tasvirlash malakalarini ostiradi.

Loyihadan foydalanuvchilar: tasviriy sanat va chizmachilik fani oqituvchilari

Darsning oldindan rejalashtirilgan loyihalashtirilgan texnologik xaritasi

8-sinf Chizmachilik

Mavzu

Amaliy bezak sanati elementlarini tabiiy tasvirlarini sitilizatsiyalash vositasida chizish.

Maqsad va vazifalar

Maqsad: O`zbekiston amaliy bezak sanati elementlari, amaliy bezak sanati tarixi, tabiiy tasvirlarni sitilizatsiyalash vositalari va tabiat bilan bog`liqligi haqida malumot berish.

Vazifalar: o`quvchilarda mavzuga va tasviriy sanat faniga bo`lgan qiziqishlarini uyg`otib, ularda mavzu asosida bilim va ko`nikmalar shakillantirilib, malakalari kengaytiriladi. O`shlashtirilayotgan yangi mavzu qay darajada tushunarli bo`lgani nazorat qilinadi, o`quvchilar bilimi baholanadi.

O`quv jarayonining mazmuni

Amaliy bezak sanati, uning turlari, tabiatga bog`liqligi, tabiiy tasvirlarni sitilizatsiyalash vositasida chizish, amaliy bezak sanatini tasviriy santdagi mohiyatini tushuntirish.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: og`zaki va ijodiy amaliy faollikni bayon qilish,Tushunchalar taxlili texnologiyasi. Shakl: nazariy amaliy, suhbat, savol javob, kichik guruhlarda ishlash.

Vosita: tarqatma materiallar, amaliy sanat namunalari, videoproyektor, kompyuter.

Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tonidan o`zlashtilishiga erishadi. O`quvchilar faolligini oshiradi, darsga qiziqtiradi, barcha o`quvchilar darsga faol qatnashadi va baholanadi.

O`quvchi: yangi bilimni egallaydi, eslab qolish qobiliyati kuchayadi, milliylikka bo`lgan hurmati oshadi, qisqa vaqt ichida ko`plab malumotlarga ega bo`ladi.

1.Darsning mavzusi: Amaliy bezak sanati elementlarini tabiiy tasvirlarini sitilizatsiyalash vositasida chizish.

II.Darsning maqsadlari:

a) Talimiy: O`quvchilarga amaliy bezak san`ati, tabiiy shakllarni stilizatsiyalashtirish yordamida naqsh elementlarini hosil qilishni orgatish.

b) Tarbiyaviy:Bolalar ongiga qadr qimmat, tayanch va iftixor tushunchalarini singdirib borish, ularni vatanparvarlik, insoniylik hamda bunyodkorlik g`oyalarida hamda izlanuvchan iqtidorli barkamol avlod ruhida tarbiyalash.

v)Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni o`zlari qiziqqan kasb hunarga yo`naltirish, ularning milliy va manaviy dunyoqarashini va mehnat faolligini oshirish, ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish.

III Darsning borishi:

1Tashkiliy qisim:Salomlashish,xonaning gigienik xolatiga e`tabor, navbatchi axboroti, kunlik yurtimiz hayotiga oid iqtisodiy ijtimoiy yangiliklar bilan tanishish, nutq ostirish va manaviyat daqiqasi.

2 Mavzu matni bilan tanishish.

a) Amaliy bezak san`ati turlari, tabiiy shakllarni stilizatsiyalash.

b) Amaliy san`atga namunalariga badiy bezak berish usullari.

3 Darsning jihozi: A4 farmat, qalam, o`chirg`ich, sirkul, chizg`ichlar, akvarel bo`yog`i, mo`yqalamlar.

4 Darsning uslubi: Suhbat, nazariy amaliy.

5 Darsning bayoni: Tashkiliy qismdan so`ng darsimizning asosiy bo`limiga o`tamiz.

          Xalq amaliy sanati azaldan kishilar turmushini bezash vositasi bolib kelgan. Bezaklar va ularni yaratishning o`ziga xos tizimi mavjud. Bu obrazli tizim o`zida ko`pgina man ova mazmunlarni aks ettiradi. Masalan, kashtachilikning so`zana, palak, dorpech, kashta va joynamoz kabi turlari mavjud. Ularning o`ziga xos va maqsadi va vazifalari bor. Kashtalar, odatda, katta o`lchamlarda tikilgan va xonalarni bezashda qo`llanilgan. Kashtalardagi naqsh kompozitsiyalari oq yoki rangli matoga ipaklar bilan tikiladi.

           Zardo`zlik sanatida qo`llaniladigan ramziy shakllar ham insonlar hayoti bilan chambarchas bog`liq. Undagi naqsh elementlaridan bodom, uzum, uzum gajagi, paxta, buta, daraxt, turli shakldagi gullar, ko`za va undagi buta, zirk butasi (turunj), kungaboqar, majnuntol, novda va yaproq kabilarning shakllari sitilizatsiyalashtirilgan (badiiylashtirilgan) ko`rinishda qo`llaniladi. Naqsh na`munalarida qo`llaniladigan turli geometrik shakllarning ham ramziy ma`nosi bor.To`rtburchak-(g`isht,xisht)-ishonch manosini anglatadi.Bir-biriga qalash-tirib tikilgan,to`qilgan va chizilganligi g`ishtdan qurilgan imoratning mustahkamligi, unda insonlarning hotirjam yashashi ma`nosini anglatadi.Shuning uchun naqshda gullar, yo`llar ilmiy elementlar, girixda qo`llaniladigan geometrik shakllar bir-biri bilan qalashtirib, aralashtirib o`raltirib tasvirlanadi. Boisi, insonlar hayoti bir - biri bilan bog`liq: bir sayyora , bir mamlakat , bir maktab , bir sinf, bir tashkilot, bir oilada yashaydi, mehnat qiladi.

          Naqqoshlik san`atida to`rt tomoni teng to`rtburchak kvadrat (lotincha quadratus, arabcha murabba) - abadiylik; yorug`lik; romb ona-Yer; besh qirrali yulduz-dunyoning o`tkinchi ekanligi; quyosh hayot ramzi; bulut, olov-g`oliblik ramzi; aylana-baxt; insonlarni yovuz niyyatlardan qaytarish; yarim oy (oygul), humo qushi-baxt-iqbol; yangi chiqqan oy-musulmonlik ramzi; qalampir-yomon ko`zdan asrash; olma-muhabbat ; bulbul-sadoqat; oq kabutar-tinchlik; boyo`g`li(boyqush)-hushyorlik; tulki ayyorlik, makkorlik; sher-mardlik, jasorat; ohu noziklik, go`zallik, himoyasizlikni anglatadi.

          Xalq amaliy bezak san`atida qo`llaniladigan ranglar ham o`ziga xos ma`no, mazmun kasb etadi. Qora- motam, sariq ayriliq, oq musaffolik, tozalik, yorug`lik, baxt; zangori- oily e`tiqod; ko`k moviy osmon, tinchlik, qizil g`alaba, shodlik va hursandchilik; yashil ona tabiatni ifoda etadi.

Amaliy bezak san`atida qo`llaniladigan ramziy shakllar va ularning ma`nosi insonlar hayoti kabi tarixiy va rang barang, insonlar hayoti bilan hamnafas. Insonlarning hayoti, turmush tarzi, mahalliy sharoiti turli tuman bo`lganligi uchun amaliy san`atda qo`llaniladigan ramziy shakllar, rang va tasvir usullari ham turlicha bo`ladi. Misol uchun naqqoshlik san`atini olsak, unda Farg`ona, Xiva va Toshkent naqsh maktablari mavjud. Ularda o`zbek xalq amaliy san`atining xususiyatlari bilan birga mahalliy o`ziga xoslik bor . Bu maktabning kompozitsiyasi uslubi va rang berishdagi o`ziga xosligida Farg`ona maktabi naqshlarida chetlari chiroyli qilib aylantirilgan, ranglar esa qizil va yashil bo`yoqlarining to`yingan tuslari bilan bo`yaladi.

MUSTAHKAMLASH:

1.O`zbekiston xalq amaliy bezak san`ati buyumlarini bezashda qanday tabiiy shakllar qo`llaniladi?

2.Xalq amaliy bezak san`atida qo`llaniladigan shakl va ranglarning ramziy ma`nolarini sharhlab bering?

3.O`zbekiston xalq amaliy bezak san`atining ganch va yog`och o`ymakorligi ,naqqoshlik turlarida qanday maktablar mavjud?Ularning taniqli vakillarini sanab bering.

4.Xalq ustalari ta`mirlagan va qurilishida ishtirok etgan qaysi me`moray obidalarni bilasiz?

Uyga vazifa:

Amaliy sanat turlaridan birlariga mos naqsh ishlash.

  

          Qo`rg`ontepa tumani XTMFMTva TE bo`limi tasarrufidagi 5-umumtalim maktabi tasviriy sanat va chizmachilik fani oqituvchisi Ibroximova Munavvarposhshoning "Tasviriy sanat va chizmachilik darslarida oquvchilarning ijodiy faolligi va nutqiy savodxonligini oshirish mavzusida yozgan innovatsion pedagogik loyihasiga hakamlar hayatining taqrizi:

          Andijon viloyati Qorgontepa tumani XTMFMT va TE bolimi tasarrufidagi 5 umumiy orta talim maktabining tasviriy sanat va chizmachilik fani oqituvchisi Ibroximova Munavvarposhshoning yozgan loyiha mavzusi eng dolzarb mavzulardan. Oqituvchi loyihani yozishda uslubiy, grammatik savodxonlikka katta etibor bergan. U ishni yaxshilash uchun aniq bajariladigan ish rejasini korsatib, maqsadni togri qoygan va maqsad asosida kutilayotgan natijani aniq belgilagan. Loyihaning talim sifatini oshirishdagi rolini isbotlagan. Ibroximova Munavvarposhsho talimda metodikadan orinli foydalanishda oqituvchining rolini korsatib, noananaviy yechim yollarini korsata olgan. Oqituvchi mavzuni yoritishda mavzuga ijodiy yondashgan.

  

Hakamlar hayati raisi:            L. Mamnasoliyeva

Hakamlar hayati azolari:       M. Ibragimov

                                                R. Axmedov

                                                R. Raximova

                                                F. Abduqaxxorova


 

^