| | | |
  • : 3 545
  • : admin
  • : 17-04-2016, 16:17
17-04-2016, 16:17

Manzara kompozitsiyasi

: YILNING ENG YAXSHI FAN O'QITUVCHISI / Ma'ruza matnlari

"Manzara kompozitsiyasi mavzusidagi maruza matn

 

Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani XTMFMT va TE bo`limi tasarrufidagi

5 umumtalim maktabi tasviriy sanat va chizmachilik fani o`qituvchisi Ibroximova Munavvarposhshoning

"Manzara kompozitsiyasi mavzusidagi maruza matni.


          Malumki, tasviriy sanat taraqqiyoti, uning nazariy asoslarini shakllaninish jarayoni ibtidoiy jamoa davridan boshlab nihoyatda uzoq yo`lni bosib o`tdi. Ushbu soha taraqqiyoti ayrim davlatlar bilan chegaralanib qolmasdan, yer sharining barcha qitalarida, barcha davrlarda izchil rivojlanib bordi. Bu borada sanatshunos va tarixchilar tomonidan nihoyatda ulkan boy meros to`plangan.

          "Tasviriy atamasi "tasvirlash so`zidan olingan bo`lib, unda turli material, hususan, bo`yoq, tosh, gips, yog`och, shuningdek, boshqa badiiy va turdosh materiallar yordamida har xil timsollarning va narsalarning rasmi, haykalini ifodalash tushuniladi.

          Manzara kompozitsiyasi tasviriy sanatning qadimiy janrlaridan bo`lib, tarixiy, maishiy asarlarda ham vosita fon sifatida muhim rol o`ynaydi. Qadimiy Xitoy sanatida rassomlar tabiatni aks ettiruvchi asarlar yaratganlar. Yevropada manzara tarixi XVI-XVII asrlarda taraqqiy etdi.

Gollandiya manzarachi rassomlari tabiatni o`xshatib xaqqoniy tasvirlashda katta muvaffaqqiyatga erishdilar .

          Rossiya manzara kompozitsiyasi janri rivojlanishi XVIII asrga to`g`ri keladi. Moskva, Peterburg arxitektura yodgorlik

Manzara kompozitsiyasi san`ati tashqi dunyoning go`zalligini aks ettirish bilan insonga ijobiy kuch tasvir etuvchidir. Shuning uchun rassom tabiat olamining eng nozik, tipik xolatlarini rang garmoniyalarini anglab, tabiatga bo`lgan estetik munosabatini bildiradi.

          Manzara asarlarida inson shaxsi aql-zakovatini, ichki tuyg`ularini tasvir orqali qo`shiq qilib kuylaydi va tabiat obrazini yaratadi. Misol tariqasida I. Levitonning "Vadimerka , "Abadiy sokinlik uzraI. Sheshkinning "O`rmon yiroqliklari V. Mishkovning "Ural haqida o`ylar asarlarini keltirish mumkin.

Tasviriy san`atdagi manzara kompozitsiyasi janriga oid asarlari insonga tabiatga va go`zallik fazilatlarini shakllantiradi.

          Rassomlar tarixiy va maishiy mavzudagi asarlarda bevosita manzaraga ham murojat qiladilar. Etud, eskizlar yozadilar. Bu xolda , manzara kortinada qoshimsha fon sifatida vazifa bajaradi. V. Vatnitsofning "Alyonishka asarida bunga misol bo`la oladi. 50-70-yillarda O`zbekistonda maznaraga janriga ijod etgan rassomlar Oral Tansiqboev "Issiq ko`l, "Ona o`lka, "Qayraqul suv ombori, N. Qoraxon "Nanay yo`li, "Sijjakda bahor, R. Temurov Samarqand arxitektura Manzara kompozitsiyasilari turkumini yaratdilar. 70-80-yillarida G`. Abdurahmonov, F. Toxirov, R. Choriyev,

K. Bogaduxov , M Yesin, Xudovkin kabi rassomlar manzara kompozitsiyasi janrida ijod qilganlar. A. Nuriddinov, O. Qozoqov, Z. Islomshikov, A. Mirsoatov kabilar mustaqil O`zbekiston go`zalligini madh etuvchisi manzaralarini yaratib kelmoqdalar.

          Manzaraning 1 necha turlari mavjud. Shahar (arxitektura), qishloq (tog`), manzara, sanoat (zavod, inshoat, fabrika, qurilish) tarixiy, romantik, lirik ponarama (ko`rinishida) manzaralar shu jumlasidandur. Manzara kompozitsiyasi san`at asarlari asosan tabiat, dengiz ko`rinishlarini o`ziga xos badiiy, real uslublarda tasvirlaydi. Chunki Tasvirdagi ranglar, asosan, tabiatdan olinadi. Tabiat ko`rinishlari esa ranglar vositasida o`z ifodasini topadi. Bu janr tarixi ham juda qadimdan, Qadimgi Misr, Gretsiya Rimdan boshlanadi. Ayniqsa, Uyg`onish davri, Yevropa va O`rta Osiyo rassomlari bu janrning rivojlanishida alohida maktab yaratdilar.

          Ayni paytda tasviriy sanatdagi manzara kompozitsiyalari kishilarning his tuyg`ulariga kuchli tasir ko`rsatish imkoniyatiga ham egadir. Kishilar tasviriy sanat asarlarini tamosha qilish orqali, ularda ifodalangan go`zallikni ko`rish orqali o`z hayotlariga ana shunday go`zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qahramonlarni ko`rib esaularga o`xshashga intiladilar. Sanat asarlarida ifodalangan salbiy voqealar, xunuk xatti-harakatlarni ko`rib, ulardan muayyan xulosalar chiqaradilar, bunday hodisalardan yiroq bo`lishga intiladilar.

          Manzara kompozitsiyasi orqali rassom asardagi mazmunning muayyan tartibdagi chiziq, shakl va boshqa vositalar orqali tomoshabinga tasir kuchini oshiradi. Uning elementlarini o`zaro bog`lab joy-joyiga qo`yadi, fazoviy kenglikni yaratadi. Har bir tasviriy sanat asari malum kompozitsiyaga ega bo`ladi. Zero manzara kompozitsiyasi yaratilishida kompozitsiya asar yaratilishida birinchi galda hal etiladigan muhim ish hisoblanadi.

          Kompozitsiya tuzishning o`ziga xos qonun qoidalari, vosita va uslublari mavjud. Kompozitsiyaning vosita va uslublarini batafsil o`rgatuvchi Kompozitsiya fani ham mavjud.

  • : 5 836
  • : admin
  • : 17-04-2016, 16:13
17-04-2016, 16:13

Tasviriy sanat va chizmachilik darslarining dolzarbligi

: YILNING ENG YAXSHI FAN O'QITUVCHISI / Ma'ruza matnlari

"Tasviriy sanat va chizmachilik darslarining dolzarbligi mavzusidagi maruza matn
 

Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani XTMFMT va TE bo`limi tasarrufidagi

5 umumtalim maktabi tasviriy sanat va chizmachilik fani o`qituvchisi

Ibroximova Munavvarposhshoning "Tasviriy sanat va chizmachilik darslarining dolzarbligi mavzusidagi maruza matni.

 

        Mustaqillikka erishganimizdan so`ng 1997-yili O`zbekiston Respublikasida talim tizimini rivojlantirish bo`yicha "Talim to`g`risidagi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturida estetik turkumdagi fanlarni o`qitilishiga alohida etibor berilgan bo`lib, xususan uning "Uzluksiz talimni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari qismida uzluksiz talimning faoliyat ko`rsatish prinsiplaridan biri talimning ijtimoiylashuvi deb qaraldi. U talim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, yuksak manaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish lozimligini qayd etadi.

           Tasviriy sanat ilm-fan kabi dunyoni, hayotni, tabiatni, xalqlar tarixini o`rganishga xizmat qiladi. Tasviriy sanatning paydo bo`lishi ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi. Bu vaqtda kishilar tevarak-atrofda sodir bo`layotgan voqealarni, odam va hayvonlarning tasvirini toshlarga chizib, ularni kesib turli ko`rinish va mazmundaga haykallarni yasaganlar. Qadimdan kishilar sanat, tabiat hodisalari va kishilarning o`zaro munosabatlari, faoliyatlariga, xulqiga ijobiy tasir ko`rsatadi, deb hisoblaganlar. Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining keng tus olgani, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida talim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir.

           O`zbekiston Respublikasi mustaqil Davlat suverenligini qo`lga kiritgan birinchi kunlaridanoq uzluksiz talim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar milliy talim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg`unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos "milliy modelni hayotga tadbiq qilishga qaratildi. Jamiyatimizdagi fuqarolar tafakkurini yangilash, milliy o`zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o`zlashtirish orqali, o`quvchilarning istedodlari, qobiliyatlarini tadqiq etish, estetik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish davlat umummilliy siyosati darajasidagi masalalardan biri sifatida belgilab berilishi yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish uchun talim-tarbiyaning barcha sohalarida, ularning omillari va vositalarini ishga solishni taqozo etmoqda.

          Tasviriy sanat va chizmachilik o`quv fani umumiy o`rta talim fanlari ichida manaviy sog`lom avlod tarbiyasi masalasini ijobiy hal etishda keng imkoniyatlarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Chunki, aynan tasviriy sanat darslarida sanat va sanatkor olami, sanatning ijtimoiy vazifasi va o`ziga xos xususiyati, uning tasviriy ifodaviy tilini o`rganib borish orqali o`quvchilar atrof muhit, tasviriy, amaliy sanat va memorlikdagi go`zalliklarni ko`ra bilish, anglash, ularni baholash, qadrlash va muhofaza qilishni o`rganib boradilar. Umumiy o`rta talim maktablarida tasviriy sanat va chizmachilik o`quv predmetining maqsadi barkamol, komil insonni ayniqsa, badiiy madaniyatini shakllantirishdir.

          Har bir o`qituvchi oldida, shu jumladan tasviriy sanat va chizmachilik fani o`qituvchilari oldida uch masala turadi: nimaga o`qitish, nima uchun o`qitish va qanday o`qitish. Umumiy tarzda bu masalalarga shu fanlar bo`yicha o`quv dasturi javob beradi. Biroq qo`yilgan savollarga dasturda bayon etilgan javoblar qisqaligi va yetarli darajada asoslanmaganligi tufayli yosh o`qituvchilarni to`la qanoatlantira olmaydi. Ushbu kursning maqsadi bu masalalarga berilgan javoblarni kengaytirishdan iborat. Kursning amaliy vazifasi kitobda bayon etilgan maktabda chizmachilik o`qitishning asosiy forma, metod, usul va vositalari bilan tanishishlari mumkin bo`lgan yosh o`qituvchilarga metodik yordam ko`rsatishdan iborat. Yuqorida qo`yilgan vazifalar metodika kursidan quyidagilarni aks ettirish va asoslashni talab qiladi:


a) chizmachilikni o`qitishda ilg`or o`qituvchilar qo`llanayotgan eng effektiv metod va usullar;

b) o`quvchilarning fikrlash faoliyatlarini aktivlashtirishga va borliqni tasavvur qilishga imkon beradigan usul va vositalar;

v) qo`lda, k o`z bilan chamalab eskizlar va aksonometriya qoidalariga muvofiq yaqqol tasvirlar bajarishda mustahkam malakalar hosil qilishni ta`minlaydigan usul va vositalar;

g) chizmalarni o`qish va ularni bajarishda amaliy bilim, va malakalarni ta`minlaydigan vositalarlar. 

 

          Mazkur kursda o`quvchilarning mustaqil ijodiy ishlariga, o`qitish protsessida va sinfdan tashqari ishlarni o`tkazishda ular aktivligini oshirishga alohida e`tibor berilgan. Chizmachilik bo`yicha amaliy bilim va malakalarni rivojlantirish shartsharoitlarga bog`liq bo`lganligidan, bu kursda chizmachilik xonasini tashkil etish va uni tegishli o`quv asbobuskunalari va qurollari bilan jihozlash masalalari qarab chiqiladi. Shunday qilib, metodika mazmunini ilmiy fan sifatida belgilovchi bazi qisqa xulosalarni chiqaramiz. Chizmachilik metodikasi - pedagogika fanining sohasi bo`lib, maktablarda ta`lim va tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalariga muvofiq grafik savod asoslarini o`qitish masalalarining mazmunini va metodlarini aniqlaydi.

Shu bilan birga chizmachilik metodikasi grafik ishlarni vajarishning eng ratsional usullarini va shular asosida mazkur fan yo`zasidan o`quv protsessini tashkil etishning effektiv forma va vositalarini ishlab chiqadi.
  • : 5 551
  • : admin
  • : 17-04-2016, 16:09
17-04-2016, 16:09

Rang tasvir haqida

: YILNING ENG YAXSHI FAN O'QITUVCHISI / Ma'ruza matnlari

"Rang tasvirda manzaraning ifodalanishi mavzusidagi maruza matn

 

Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani XTMFMT va TE bo`limi tasarrufidagi

5 umumtalim maktabi tasviriy sanat va chizmachilik fani o`qituvchisi

Ibroximova Munavvarposhshoning "Rang tasvirda manzaraning ifodalanishi mavzusidagi maruza matni.


 

         Moyboyoqda tasvirlarni ishlash rassom uchun ham, endi organayotgan o`quvchi uchun ham juda qiziqarli mashgulotdir. Ammo bu mashgulotning jiddiy qiyinchiliklari ham mavjud bolib, u moyboyoq rangtasvir texnologiyasi bilan ham bogliq. Chunki moyboyoq bilan ishlash malum tayyorgarlikni talab etadi. Ularga boyoqlarni tanlash, ish uchun sath (mato)ni tortib tayyorlash, uni qoplama (grunt) bilan yopish, moyqalamlarni tanlash, eritgichlarni tanlab olish kabi zarur tadbirlarni kiritish mumkin. Moyboyoq tasvirlar ishlashni organish natyurmortlarni chizib mashq qilish orqali ozlashtirilsa maqsadga muvofiq boladi.

         Moyboyoqli natyurmort rangtasvirini ishlash jarayonining ayrim tomonlari akvarel texnikasiga oxshash. Chuki bunda ham avval qalamtasvir chizib olinadi. Agar suvboyoqda ishlash uchun tasvir mukammalroq, mayda detallari bilan batafsil chizib olinsa, moyboyoqda ishlash uchun esa chizmatasvir umumlashtirilib eng asosiy narsalar aks ettiriladi. Buning sababi moyboyoqda ishlash jarayonida batafsillik moyqalamda ishlanishi mumkinligidandir. Moyboyoqda biror rangni ochlashtirish uchun unga oq rang kerakli darajada qoshiladi. Shunisi ham borki oq rang qoshilgach boyoqning erkinligi malum darajada kamayadi. Buni oquv mashqlarini bajarish jarayonida albatta hisobga olish joiz. Akvarel texnikasi kabi jihatlardan biri ish jarayonini asosiy uzoq muddatli vazifani boshlashdan avval ranglavha, chizmalavhalar ishlab olinishidir. Shunda bolajak rangtasvirning asosiy xususiyatlarini tajriba qilib korib organish asosiy ishda uni qollash mumkin boladi.

         Moyboyoq tasvirlarini ishlash uchun maxsus ashyolardan foydalaniladi. Ular romga tortib tayyorlab, qoplama surtib olingan (gruntlangan) mato, moyboyoqlarning kerakli xillari, boyoqtaxta (politra), moyqalamlarning turlicha kattalikdagi xillari, mastixin va eritgichlardan iboratdir.

        Romga tortilgan mato qanday tayyorlanganligi tasvir sifatini belgilaydigan omillardan biridir desak xato bolmaydi. Uning qoplamasi (grunti) ikki xil tarzda tayyorlanishi mumkin. Biri moyli qoplama bolib u quyidagichadir. 5 foizli elim (jelatin, baliq yoki duradgorlik elimi) aralashmasi shunga teng hajmdagi borgaqoshiladi. U bilan mato sathi qoplanadi. Bir marta surtilgandan song qoplama boyoq qatlami tayyorlab olinadi. U quyidagi tarkibda, yani - maxsus oqartirilgan rangtasvir yogi quruq oq boyoq kukunidan qoshib tayyorlangan aralashma boladi. Yog va kukunning nisbati shunday bolish kerakki u tayyor idishga solib chiariladigan moyboyoqdan suyuq bolmasin. Shunda uni bemalol mato sathiga mastixin bilan tekis qilib surtib chiqish mumkin boladi. 1-2 xafta quritilgach Gadir-budir erlari qumqogoz bilan yaxshilab tekislanadi va skipidar aralashtirilgan moyli qoplama yassi, katta moyqalam (fleyts) bilan tekis qilib boyab chiqiladi. Bunday usulda tayyorlanadigan mato 2-3 oy mobaynida quritiladi. U saqlanadigan joy iliq va quruq bolishi shart.

       Elimli qoplama deb yuritiladigan qoplamaning ikkinchi xili quyidagicha tayyorlanadi. Suvda 50-60 gr. jelatin eritiladi va unga 15 gr. glitserin qoshiladi. U matoga 1-2 marta surtiladi. Birinchi marta surtilgani qurigach qumqogoz bilan mato usti tekislanib olinadi, song ikkinchisi surtiladi. Shundan song elim aralashmasi bor vaoq boyoq kukuni bilan teng nisbatlarda 40 S darajali issiqda eritiladi. Agar uning tarkibi quyuq bolib qolgudek bolsa, oshaelim aralashmasidan qoshiladi. Bunday qoplama 2-3 marta qavatma-qavat qilib surtiladi. Ular oraligida korishi uchun malum vaqt bolishi shart.

Qoplamalar yana malum rang tusida ham tayyorlanishi mumkin. Ular koproq ijodiy ishlarni bajarishda va kompozitsiya yaratish jarayonlarida qol keladi. Moyboyoqda oquv-mashqlarni bajarishda rang xillaridan ham unumli foydalanish talab etiladi. Vazifalarni ishlaganda juda kop rang xillaridan bilib-bilmay ishlatish yaxshi samara bermaydi.

       Tabiatda asosiy rang (boyoq) borligi malum. Ular qizil, zarg`aldoq, sariq, yashil, havo rang, kok, binafsha ranglardir. Boyoq aralashtiriladigan taxtada (politrada) bolishi juda zarur rang xillari esa qizil, sariq, kok boyoqdir. Chunki ular boshqa qolgan asosiy rang-tuslar vositasida xosil bolmaydi. Bularning aralashmasidan qolgan juda kop ranglarni chiqarish, xosil qilish mumkin. Ulardan xatto qora rang tusini ham topish mumkinligi sir emas. Faqat qaysi rangni bir-biriga qancha miqdorda aralashtirishni bilish kifoya. Buning uchun esa albatta tajriba va oquv bolishi kerak.

Shuni ham takidlab otish kerakki tabiatda absolyut oq va absolyut qora ranglar mavjud emas. Ularning barchasi qandaydir bir rang tovlanishida boladi. Masalan qoraning jigarrangga, kokka, yashilga moyil ekanligini korishimiz mumkin. Oq rangning turli nozik tuslarga moyilligi ham tabiiy. Bunday rang va tuslarning hamda ularning toq-ochliklarini topib tasvirlash uchun moyboyoqda ishlash texnikasi juda qulaydir. Shu imkoniyatlarning kengligi bilan u boshqa boyoq turlaridan ajralib turadi.

 

 


  • : 7 102
  • : admin
  • : 17-04-2016, 16:06
17-04-2016, 16:06

Ma'ruza matni

: YILNING ENG YAXSHI FAN O'QITUVCHISI / Ma'ruza matnlari

ҳ

 

      1915- 1- ҳ - ғ. , , .

1928- , ҳ-қ қ , ққ , ..,  , Қ, Ғ, ғ, қ , 1930- " Ȕ, "͔, " Д, " ɡ˔ ,   . 1932- 18- " қ қ.

1933-  .

1935-1938  .. қ.

1938-1940 , 2- қ .

      "(1947), " (1953), " (1953) .

қ : , , , , , , қ қ қ.


(1968) "қ ,

(1970) " ,

(1971) " ,

(1972) " .

.. , . . , , . , ,

, қ қ. қ ққ 1999 , , .

1909- ғ,

1935 ,

1937- ,

1939- ғ.

1941- .




^