• : 5 078
  • : admin
  • : 17-04-2016, 16:09
17-04-2016, 16:09

Rang tasvir haqida

: YILNING ENG YAXSHI FAN O'QITUVCHISI / Ma'ruza matnlari

"Rang tasvirda manzaraning ifodalanishi mavzusidagi maruza matn

 

Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani XTMFMT va TE bo`limi tasarrufidagi

5 umumtalim maktabi tasviriy sanat va chizmachilik fani o`qituvchisi

Ibroximova Munavvarposhshoning "Rang tasvirda manzaraning ifodalanishi mavzusidagi maruza matni.


 

         Moyboyoqda tasvirlarni ishlash rassom uchun ham, endi organayotgan o`quvchi uchun ham juda qiziqarli mashgulotdir. Ammo bu mashgulotning jiddiy qiyinchiliklari ham mavjud bolib, u moyboyoq rangtasvir texnologiyasi bilan ham bogliq. Chunki moyboyoq bilan ishlash malum tayyorgarlikni talab etadi. Ularga boyoqlarni tanlash, ish uchun sath (mato)ni tortib tayyorlash, uni qoplama (grunt) bilan yopish, moyqalamlarni tanlash, eritgichlarni tanlab olish kabi zarur tadbirlarni kiritish mumkin. Moyboyoq tasvirlar ishlashni organish natyurmortlarni chizib mashq qilish orqali ozlashtirilsa maqsadga muvofiq boladi.

         Moyboyoqli natyurmort rangtasvirini ishlash jarayonining ayrim tomonlari akvarel texnikasiga oxshash. Chuki bunda ham avval qalamtasvir chizib olinadi. Agar suvboyoqda ishlash uchun tasvir mukammalroq, mayda detallari bilan batafsil chizib olinsa, moyboyoqda ishlash uchun esa chizmatasvir umumlashtirilib eng asosiy narsalar aks ettiriladi. Buning sababi moyboyoqda ishlash jarayonida batafsillik moyqalamda ishlanishi mumkinligidandir. Moyboyoqda biror rangni ochlashtirish uchun unga oq rang kerakli darajada qoshiladi. Shunisi ham borki oq rang qoshilgach boyoqning erkinligi malum darajada kamayadi. Buni oquv mashqlarini bajarish jarayonida albatta hisobga olish joiz. Akvarel texnikasi kabi jihatlardan biri ish jarayonini asosiy uzoq muddatli vazifani boshlashdan avval ranglavha, chizmalavhalar ishlab olinishidir. Shunda bolajak rangtasvirning asosiy xususiyatlarini tajriba qilib korib organish asosiy ishda uni qollash mumkin boladi.

         Moyboyoq tasvirlarini ishlash uchun maxsus ashyolardan foydalaniladi. Ular romga tortib tayyorlab, qoplama surtib olingan (gruntlangan) mato, moyboyoqlarning kerakli xillari, boyoqtaxta (politra), moyqalamlarning turlicha kattalikdagi xillari, mastixin va eritgichlardan iboratdir.

        Romga tortilgan mato qanday tayyorlanganligi tasvir sifatini belgilaydigan omillardan biridir desak xato bolmaydi. Uning qoplamasi (grunti) ikki xil tarzda tayyorlanishi mumkin. Biri moyli qoplama bolib u quyidagichadir. 5 foizli elim (jelatin, baliq yoki duradgorlik elimi) aralashmasi shunga teng hajmdagi borgaqoshiladi. U bilan mato sathi qoplanadi. Bir marta surtilgandan song qoplama boyoq qatlami tayyorlab olinadi. U quyidagi tarkibda, yani - maxsus oqartirilgan rangtasvir yogi quruq oq boyoq kukunidan qoshib tayyorlangan aralashma boladi. Yog va kukunning nisbati shunday bolish kerakki u tayyor idishga solib chiariladigan moyboyoqdan suyuq bolmasin. Shunda uni bemalol mato sathiga mastixin bilan tekis qilib surtib chiqish mumkin boladi. 1-2 xafta quritilgach Gadir-budir erlari qumqogoz bilan yaxshilab tekislanadi va skipidar aralashtirilgan moyli qoplama yassi, katta moyqalam (fleyts) bilan tekis qilib boyab chiqiladi. Bunday usulda tayyorlanadigan mato 2-3 oy mobaynida quritiladi. U saqlanadigan joy iliq va quruq bolishi shart.

       Elimli qoplama deb yuritiladigan qoplamaning ikkinchi xili quyidagicha tayyorlanadi. Suvda 50-60 gr. jelatin eritiladi va unga 15 gr. glitserin qoshiladi. U matoga 1-2 marta surtiladi. Birinchi marta surtilgani qurigach qumqogoz bilan mato usti tekislanib olinadi, song ikkinchisi surtiladi. Shundan song elim aralashmasi bor vaoq boyoq kukuni bilan teng nisbatlarda 40 S darajali issiqda eritiladi. Agar uning tarkibi quyuq bolib qolgudek bolsa, oshaelim aralashmasidan qoshiladi. Bunday qoplama 2-3 marta qavatma-qavat qilib surtiladi. Ular oraligida korishi uchun malum vaqt bolishi shart.

Qoplamalar yana malum rang tusida ham tayyorlanishi mumkin. Ular koproq ijodiy ishlarni bajarishda va kompozitsiya yaratish jarayonlarida qol keladi. Moyboyoqda oquv-mashqlarni bajarishda rang xillaridan ham unumli foydalanish talab etiladi. Vazifalarni ishlaganda juda kop rang xillaridan bilib-bilmay ishlatish yaxshi samara bermaydi.

       Tabiatda asosiy rang (boyoq) borligi malum. Ular qizil, zarg`aldoq, sariq, yashil, havo rang, kok, binafsha ranglardir. Boyoq aralashtiriladigan taxtada (politrada) bolishi juda zarur rang xillari esa qizil, sariq, kok boyoqdir. Chunki ular boshqa qolgan asosiy rang-tuslar vositasida xosil bolmaydi. Bularning aralashmasidan qolgan juda kop ranglarni chiqarish, xosil qilish mumkin. Ulardan xatto qora rang tusini ham topish mumkinligi sir emas. Faqat qaysi rangni bir-biriga qancha miqdorda aralashtirishni bilish kifoya. Buning uchun esa albatta tajriba va oquv bolishi kerak.

Shuni ham takidlab otish kerakki tabiatda absolyut oq va absolyut qora ranglar mavjud emas. Ularning barchasi qandaydir bir rang tovlanishida boladi. Masalan qoraning jigarrangga, kokka, yashilga moyil ekanligini korishimiz mumkin. Oq rangning turli nozik tuslarga moyilligi ham tabiiy. Bunday rang va tuslarning hamda ularning toq-ochliklarini topib tasvirlash uchun moyboyoqda ishlash texnikasi juda qulaydir. Shu imkoniyatlarning kengligi bilan u boshqa boyoq turlaridan ajralib turadi.

 

 


dle 10.6
, .
.

:*
E-Mail:
Izohlar:
  • winkwinkedsmileam
    belayfeelfellowlaughing
    lollovenorecourse
    requestsadtonguewassat
    cryingwhatbullyangry
: *
     ,
dle, neopozn.com
^