» » » Tasviriy san’at va chizmachilik darslarining dolzarbligi
Информация к новости
  • Просмотров: 5 328
  • Автор: admin
  • Дата: 17-04-2016, 16:13
17-04-2016, 16:13

Tasviriy san’at va chizmachilik darslarining dolzarbligi

Категория: YILNING ENG YAXSHI FAN O'QITUVCHISI / Ma'ruza matnlari

"Tasviriy san’at va chizmachilik darslarining dolzarbligi” mavzusidagi ma’ruza matn
 

Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani XTMFMT va TE bo`limi tasarrufidagi

5 – umumta’lim maktabi tasviriy san’at va chizmachilik fani o`qituvchisi

Ibroximova Munavvarposhshoning "Tasviriy san’at va chizmachilik darslarining dolzarbligi” mavzusidagi ma’ruza matni.

 

        Mustaqillikka erishganimizdan so`ng 1997-yili O`zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirish bo`yicha "Ta’lim to`g`risida»gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da estetik turkumdagi fanlarni o`qitilishiga alohida e’tibor berilgan bo`lib, xususan uning "Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari» qismida uzluksiz ta’limning faoliyat ko`rsatish prinsiplaridan biri ta’limning ijtimoiylashuvi deb qaraldi. U ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish lozimligini qayd etadi.

           Tasviriy san’at ilm-fan kabi dunyoni, hayotni, tabiatni, xalqlar tarixini o`rganishga xizmat qiladi. Tasviriy san’atning paydo bo`lishi ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi. Bu vaqtda kishilar tevarak-atrofda sodir bo`layotgan voqealarni, odam va hayvonlarning tasvirini toshlarga chizib, ularni kesib turli ko`rinish va mazmundaga haykallarni yasaganlar. Qadimdan kishilar san’at, tabiat hodisalari va kishilarning o`zaro munosabatlari, faoliyatlariga, xulqiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi, deb hisoblaganlar. Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining keng tus olgani, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir.

           O`zbekiston Respublikasi mustaqil Davlat suverenligini qo`lga kiritgan birinchi kunlaridanoq uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg`unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos "milliy modelni» hayotga tadbiq qilishga qaratildi. Jamiyatimizdagi fuqarolar tafakkurini yangilash, milliy o`zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o`zlashtirish orqali, o`quvchilarning iste’dodlari, qobiliyatlarini tadqiq etish, estetik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish davlat umummilliy siyosati darajasidagi masalalardan biri sifatida belgilab berilishi yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish uchun ta’lim-tarbiyaning barcha sohalarida, ularning omillari va vositalarini ishga solishni taqozo etmoqda.

          Tasviriy san’at va chizmachilik o`quv fani umumiy o`rta ta’lim fanlari ichida ma’naviy sog`lom avlod tarbiyasi masalasini ijobiy hal etishda keng imkoniyatlarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Chunki, aynan tasviriy san’at darslarida san’at va san’atkor olami, san’atning ijtimoiy vazifasi va o`ziga xos xususiyati, uning tasviriy ifodaviy «tili»ni o`rganib borish orqali o`quvchilar atrof muhit, tasviriy, amaliy san’at va me’morlikdagi go`zalliklarni ko`ra bilish, anglash, ularni baholash, qadrlash va muhofaza qilishni o`rganib boradilar. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at va chizmachilik o`quv predmetining maqsadi barkamol, komil insonni ayniqsa, badiiy madaniyatini shakllantirishdir.

          Har bir o`qituvchi oldida, shu jumladan tasviriy san’at va chizmachilik fani o`qituvchilari oldida uch masala turadi: nimaga o`qitish, nima uchun o`qitish va qanday o`qitish. Umumiy tarzda bu masalalarga shu fanlar bo`yicha o`quv dasturi javob beradi. Biroq qo`yilgan savollarga dasturda bayon etilgan javoblar qisqaligi va yetarli darajada asoslanmaganligi tufayli yosh o`qituvchilarni to`la qanoatlantira olmaydi. Ushbu kursning maqsadi bu masalalarga berilgan javoblarni kengaytirishdan iborat. Kursning amaliy vazifasi kitobda bayon etilgan maktabda chizmachilik o`qitishning asosiy forma, metod, usul va vositalari bilan tanishishlari mumkin bo`lgan yosh o`qituvchilarga metodik yordam ko`rsatishdan iborat. Yuqorida qo`yilgan vazifalar metodika kursidan quyidagilarni aks ettirish va asoslashni talab qiladi:


a) chizmachilikni o`qitishda ilg`or o`qituvchilar qo`llanayotgan eng effektiv metod va usullar;

b) o`quvchilarning fikrlash faoliyatlarini aktivlashtirishga va borliqni tasavvur qilishga imkon beradigan usul va vositalar;

v) qo`lda, k o`z bilan chamalab eskizlar va aksonometriya qoidalariga muvofiq yaqqol tasvirlar bajarishda mustahkam malakalar hosil qilishni ta`minlaydigan usul va vositalar;

g) chizmalarni o`qish va ularni bajarishda amaliy bilim, va malakalarni ta`minlaydigan vositalarlar. 

 

          Mazkur kursda o`quvchilarning mustaqil ijodiy ishlariga, o`qitish protsessida va sinfdan tashqari ishlarni o`tkazishda ular aktivligini oshirishga alohida e`tibor berilgan. Chizmachilik bo`yicha amaliy bilim va malakalarni rivojlantirish shartsharoitlarga bog`liq bo`lganligidan, bu kursda chizmachilik xonasini tashkil etish va uni tegishli o`quv asbobuskunalari va qurollari bilan jihozlash masalalari qarab chiqiladi. Shunday qilib, metodika mazmunini ilmiy fan sifatida belgilovchi ba’zi qisqa xulosalarni chiqaramiz. Chizmachilik metodikasi - pedagogika fanining sohasi bo`lib, maktablarda ta`lim va tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalariga muvofiq grafik savod asoslarini o`qitish masalalarining mazmunini va metodlarini aniqlaydi.

Shu bilan birga chizmachilik metodikasi grafik ishlarni vajarishning eng ratsional usullarini va shular asosida mazkur fan yo`zasidan o`quv protsessini tashkil etishning effektiv forma va vositalarini ishlab chiqadi.
скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.

Добавление комментария

Имя:*
E-Mail:
Izohlar:
  • winkwinkedsmileam
    belayfeelfellowlaughing
    lollovenorecourse
    requestsadtonguewassat
    cryingwhatbullyangry
Введите код: *
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
dle, neopozn.com
^