Информация к новости
  • Просмотров: 5 412
  • Автор: admin
  • Дата: 17-04-2016, 15:16
17-04-2016, 15:16

TASVIRIY SAN`AT

Категория: YILNING ENG YAXSHI FAN O'QITUVCHISI / Ochiq dars

7-sinf Fan: TASVIRIY SAN`AT

 

1.Darsning mavzusi: Amaliy bezak san`atining biron turida

( kurzi uchun naqsh, so`zana uchun naqsh, ganch uchun naqsh, quticha uchun naqsh va hokazo )badiy bezak ishlash.

 

II.Darsning maqsadlari:

a)Tarbiyaviy:Bolalar ongigaqadr –qimmat,tayanch va iftixor tushunchalarini singdirib boorish, vatanparvarlik, insoniylik hamda bunyodkorlik g`oyalarida tarbiyalash. 

b)Talimiy: O`quvchilarga amaliy bezak san`atining turli ko`rinishlarini har xil yo`llar bilan bezak usullarini tushuntirib o`rgatish. 

v)Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni o`zlari qiziqqan kasb –hunarga yo`naltirish

va ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish.

 

III Darsning borishi:

1Tashkiliy qisim:Salomlashish,xonaning gigienik xolatiga e`tabor,davomatni aniqlash,kunlik yangiliklar bilan tanishish,manaviyat daqiqasi. 

2 Mavzu matni bilan tanishish. 

a) Amaliy bezak san`ati turlari. 

b) Amaliy san`atga badiy bezak berish usullari. 

3 Darsning jihozi:A4 farmat,qalam, o`chig`ich, sirkul, chizg`ichlar. 

4 Darsning uslubi: Suhbat, nazariy – amaliy. 

5 Darsning bayoni: Tashkiliy qismdan so`ng darsimizning asosiy bo`limiga o`tamiz. Naqsh namuna…..

6 Mustahkamlash:

7 Uyga vazifa: 

          Naqsh na`munalarida qo`llaniladigon turli geometrik shakillarning ham ramziy ma`nosi bor.To`rtburchak-(g`isht,xisht)-ishonch manosini anglatadi.Bir-biriga qalash-tirib tikilgan,to`qilgan va chizilganligi g`ishtdan quril-ganimoratning mustahkamligi, unda insonlarning hotirjam yashashi ma`nosini anglatadi.Shuning uchun naqshda gullar, yo`llar – ilmiy elementlar,girixda qo`llaniladigon geometric shakllar bir-biri bilan qalashtirib ,aralashtirib o`raltirib tasvirlanadi. Boisi, insonlar hayoti bir - biri bilan bog`liq : bir Sayyora , bir mamlakat , bir maktab , bir sinf, bir tashkilot, bir oilada yashaydi, mehnat qiladi.

          Naqqoshlik san`atida to`rt tomoni teng to`rtburchak kvadrat (lotincha quadratus, arabcha murabbo) - adabiylik, yorug`lik; romb – ona - yer; besh qirrqli yulduz -dunyoning o`tkinchi ekavligi; quyosh hayot ramzi; bulut, olov - g`oliblik ramzi; aylana - baxt; insonlarni yovuz niyyatlardan qaytarish; yarim oy(oygul),

Humo qushi- baxt iqbol; yangi chiqqan oy- musulmonlik ramzi; qalampir- yomon ko`zdan asrash; olma - muhabbat ; bulbul- sadoqat; oq kabutar- tinchlik; boyo`g`li – hushyorlik; tulki – ayyorlik , makkorlik; sher -mardlik; ohu noziklik, go`zallik, himoyasizlikni anglatadi. 

          Xalq amaliy bezak san`atida qo`llaniladigon ranglar ham o`ziga xos ma`no, mazmun kasb etadi. Qora- motam, sariq – ayriliq, oq – musaffolik, tozalik, yorug`lik, baxt; zangori- oily e`tiqod; ko`k – moviy osmon, tinchlik, qizil – g`alaba, shodlik va hursandchilik; yashil –ona – tabiatni ifoda etadi.

Amaliy bezak san`atida qo`llaniladigan ramziy shakllar va ularning ma`nosi insonlar hayoti kabi tarixiy va rang – barang, insinlar hayoti bilan hamnafas. Insonlarning hayoti, turmush tarzi, mahalliy sharoiti turli – tuman bo`lganligi uchun amaliy san`atda qo`llaniladigan ramziy

shakllar, rang va tasvir usullari ham turlicha bo`ladi. Misol uchun naqqoshlik san`atini olsak, unda Farg`ona, Xiva va Toshkent naqsh maktablari mavjud. Ularda o`zbek xalq amaliy san`atining xususiyatlari bilan birga mahalliy o`ziga xoslik bor . Bu maktabning kompozitsiyasi uslubi va rang berishdagi o`ziga xosligida Farg`ona maktabi naqshlarida chetlari chiroyli qilib aylantirilgan, ranglar esa qizil va yashil bo`yoqlarining to`yingan tuslari bilan bo`yaladi. Xorazmda esa usta musavvirlar naqsh yuzasini novda, yo`l va g`uncha shuningdek geometrik naqshlar bilan to`ldirib , asosan , moviy rangli bo`yoqlar bilan go`zallik yaratadilar. Toshkent maktabi naqshlarida ranglar koloritining qat`iyligi, naqsh elementlari , ayniqsa, gullar ,barcha mehr bilan targ`il berish orqali ular jozibasi ta`minlanganligini ko`ramiz. Ular bir xildagi ranglarning turli tuslarini qo`llashga ko`proq e`tibor qaratadilar.

Toshkent naqqoshlik maktabining shakllanishi va rivojlanishida Yoqubjon Raufov, Toir To`xtaxo`jayev, Jalil Hakimov ,Anvar Ilhomov kabi naqqoshlar, Toshpo`lat Arslonqulov, Mahmud Usmonov, Ortiq Fayzullayev kabi ganch va yog`och o`ymakorlarining xizmati katta bo`lgan.

O`zbekiston xalq amaliy san`atida qo`llaniladigan naqsh elementlari ularning tabiiy va stilizatsiyalashtirilgan variantlari , naqsh elementlari ramziy belgi va mazmuni haqida tasavvurga , amaliy san`at ustalari naqqoshlar, ganch va yog`och o`ymakorlari haqida ma`lumotga ega bo`ldik. 

 

MUSTAHKAMLASH:

1.O`zbekiston xalq amaliy bezak san`ati buyumlarini bezashda qanday tabiiy shakllar qo`llaniladi?

2.Xalq amaliy bezak san`atida qo`llaniladigan shakl va ranglarning ramziy ma`nolarini sharhlab bering?

3.O`zbekiston xalq amaliy bezak san`atining ganch va yog`och o`ymakorligi ,naqqoshlik turlarida qanday maktablar mavjud?Ularning taniqli vakillarini sanab bering.

4.Xalq ustalari ta`mirlagan va qurilishida ishtirok etgan qaysi me`moray obidalarni bilasiz?

 

UYGA VAZIFA : Olgan taassurotlaringiz, egallagan bilim-laringiz asosida mustaqil tarzda naqsh kompozitsiyasini tuzing. Uning shaklini(doira, kvadrat, yo`l ichida) ixtiyoriy tarzda olishingiz mumkin. Naqsh kompozitsiyasida ramziy shakllar ,ranglarning bir- biriga mutanosib bo`lishiga e`tibor bering.

 

T E S T L A R

 

1.O`zbek xalq amaliy bezak san`atida zardo`zlikning markazi qaysi shahar hisoblanadi?

 A/Buxoro

B/Samarqand

V/Xiva

 

2.Amaliy bezak san`atida bodom tasviri qanday ma`noni anglatadi?

 A/G`am – andux

B/Boylik va farovonlik

V/Baxt – iqbol

 

3.Amaliy san`atning ayollar bajaradigan turi qaysilar?

 A/Kashtachilik,zardo`zlik

B/Ganchkorlik,yog`och o`ymakorligi

V/Zargarlik,kulolchilik

 

4.Amaliy bezak san`atida stilizatsiya qanday ma`no anglatadi?

 A/Aks ettirish

B/Badiiylashtirish

V/Nusxa ko`cherish

 

5.O`zbek xalq amaliy san`atining naqqoshlik turi rivoj topgan shaharlarni ko`rsating?

 A/Farg`ona,Xiva,Toshkent

B/Surxondaryo,Samarqand,Navoiy

V/Andijon,Jizzax,Namanganскачать dle 10.6фильмы бесплатно
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.

Добавление комментария

Имя:*
E-Mail:
Izohlar:
  • winkwinkedsmileam
    belayfeelfellowlaughing
    lollovenorecourse
    requestsadtonguewassat
    cryingwhatbullyangry
Введите код: *
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
dle, neopozn.com
^